

SHEYNAZ CRM — turfirma uchun tizim: Telegram, WhatsApp va Instagramdagi murojaatlar, bitimlar, chiptalar va kunlik otchet bitta oynada.
Ariza bizda. Keyin tartib bilan:
Birinchi kirish: parol, keyin Telegramdagi kod. 21 kun bepul — hisob CRM ochilgan kundan boshlanadi.
← Saytga qaytishArizani odam ko'rib chiqadi, avtomat javob ketmaydi. AbdulAziz Telegramda yozadi yoki ko'rsatgan raqamingizga qo'ng'iroq qiladi, demo ko'rsatadi va savollaringizga javob beradi. Kelishsak, bir ish kuni ichida firmangiz uchun alohida CRM ochiladi: xodimlarni kiritamiz, rollarni taqsimlaymiz, Telegramni ulaymiz va blankingizni yasaymiz. Bir necha ofisingiz bo'lsa, filiallar va bo'limlar ham o'sha kuni joylanadi, har xodim esa faqat o'z roli ruxsat bergan narsani ko'radi. Manzil, login va parol Telegramga keladi. Birinchi kirish ikki bosqichli — avval parol, keyin Telegramga tushgan kod; kod besh marta xato kiritilsa o'ladi va yangisi so'raladi. Parolni o'zi tiklash yo'li umuman yo'q, yangi parolni faqat firmangiz administratori qayta beradi. O'rnatish kunida jamoa bilan bir soat ishlaymiz: qaysi maydon nima uchun, bitim qanday kiritiladi, otchet qayerdan olinadi. CRM ichida 11 ta dars qoladi — har biri ikki daqiqalik video, oxirida bitta savol, o'zbek va rus tilida; yangi kelgan xodim butun kursni taxminan 25 daqiqada ko'rib chiqadi.
Oylik to'lov 750 000 so'm va unga besh foydalanuvchi kiradi: to'rt xodim va bitta administrator. Beshinchidan keyingi har bir foydalanuvchi oyiga 150 000 so'm qo'shadi. Sakkiz kishi ishlasa 1 200 000, o'n kishi 1 500 000, o'n besh kishi 2 250 000 so'm chiqadi. Bitimlar, mijozlar kartochkasi, so'rovlar, vazifalar, kassa, buxgalteriya, filiallar, otchetlar va AI — hammasi shu narx ichida, alohida hisob kelmaydi. AI uchun ham qo'shimcha olinmaydi: chiptani o'qish, suhbatni qisqartirish, bitim kartochkasini to'ldirish va javob qoralamasi obunaga kiradi. O'rnatish odatda bir marta 2 500 000 so'm turadi, 2026-yil 31-dekabrgacha ariza bergan firmalarga esa bepul. O'zbekistondan tashqarida yasalgan tizimlar rubl yoki dollarda hisoblanadi — kurs o'zgarsa to'lovingiz ham o'zgaradi; bizning narximiz so'mda va shartnomada yozilgan. Narx keyinchalik o'zgarsa, sizga kamida 30 kun oldin xabar beriladi — shartnomaning ikkinchi bandi shunday yozilgan.
Sinov muddati 21 kun va u ariza yuborilgan kundan emas, CRM haqiqatan ochilgan kundan sanaladi — sozlash va o'qitishga ketgan vaqt sinovdan yemaydi. O'rnatish, xodimlarni kiritish va bir soatlik o'qitish sinov boshlanishidan oldin bajariladi, ya'ni 21 kun bo'sh tizimga emas, ishlayotgan tizimga beriladi. Sinov davrida hamma bo'lim ochiq turadi: bitimlar, mijozlar, so'rovlar, suhbatlar, vazifalar, kassa, buxgalteriya va otchetlar — kesilgan variant yo'q. Shu muddat ichida obuna hisobi ketmaydi, to'lovni esa davom etishga o'zingiz qaror qilganingizdan keyin boshlaysiz. Davom etmasangiz, baza darhol o'chmaydi: 30 kun saqlanadi va shu vaqt ichida mijozlar va savdolar ro'yxatini Excel yoki CSV qilib so'rab olasiz, keyin o'chiriladi. To'lov kechikkanda ham ma'lumot yo'qolmaydi — kirish 10 kundan keyin to'xtatilishi mumkin, baza joyida qoladi va to'lovdan keyin bir ish kuni ichida qaytariladi. Shartnomaning oltinchi bandi shu ikkisini aynan shunday yozadi.
Har bir firma o'z alohida bazasida ishlaydi: qo'shni firma sizning mijozingizni ko'rmaydi, mijozlaringizni biz ham ko'rmaymiz. Shartnomaning uchinchi bandi buni to'g'ridan-to'g'ri yozadi — mijozlaringiz, savdolaringiz, yozishmalaringiz va fayllaringiz firmangiz mulki; SHEYNAZ CRM ularni o'z biznesi uchun ishlatmaydi va uchinchi shaxsga bermaydi. Texnik xodim ma'lumotga faqat firmangiz so'raganda yoki nosozlikni tuzatish uchun qaraydi, obunani hisoblash uchun esa faqat umumiy sanoq olinadi: foydalanuvchi soni va faollik. Parollar pbkdf2-sha256 bilan xeshlanadi, qurilma tokeni esa HttpOnly va SameSite=Strict qo'yiladi. Shartnoma matni saytda ochiq turadi va ariza bermasdan oldin ham to'liq o'qiladi; shartnomaning o'zi tizim ichida tuziladi va mijoz havola orqali imzolaydi. Telegram bo'yicha yana bir aniqlik: xodimning shaxsiy yozishmalari CRM ga tushmaydi, faqat mijozlar bilan suhbat ko'chadi. Telegram Business imkoniyatlari uchun esa xodim akkauntida Telegram Premium bo'lishi kerak va botni firmangiz o'zi yaratib, tokenni o'zida saqlaydi.
Qolgan savolni AbdulAzizdan so'rang: +998 99 993 33 38 yoki Telegram @abdulazizturist. ↑ Ariza formasiga qaytish