SHEYNAZ CRM

AI yordamchi — narx ichida, alohida to'lovsiz

AI yordamchi kelgan xabarni turkumlaydi, bitim kartochkasini to'ldiradi, chipta PDF ini o'qiydi va uzun suhbatni qisqartiradi.

Firmani ulash Narxni ko'rish

SHEYNAZ CRM suhbatlar bo'limi: yozishma va AI qoralamasi
Suhbatlar bo'limi: uch kanaldan kelgan yozishma bitta oynada, AI ning xulosasi va javob qoralamasi shu yerda chiqadi. Surat demo bazadan olingan, interfeys o'zbekcha.
7 turkumkelgan har yozishma shulardan biriga tushadi
1 qoidayuborish tugmasini odam bosadi — AI o'zi yubormaydi
150 000 so'moyiga har foydalanuvchi — AI uchun alohida to'lov yo'q

Muallif: Azizbek Sattarov — «SHEYNAZ TRAVEL» MChJ asoschisi (Toshkent, turizm litsenziyasi № 067204, 2023-yil 6-martdan) va SHEYNAZ CRM ishlab chiquvchisi. Yozilgan va yangilangan: 2026-yil 25-oktabr. AI ning vazifalari va chegaralari 2026-yil 25-oktabrda ishlab turgan tizim kodida tekshirilgan; narx va «AI narx ichida» sharti xizmat shartlari sahifasining 5-bandidan olingan.

AI yordamchi: 5 ish va 1 qoida

SHEYNAZ CRM — O'zbekiston turfirmalari uchun CRM. Mijozga o'zi hech narsa yubormaydi — har natijani xodim ko'rib tasdiqlaydi. Narx ichida, qo'shimcha to'lov yo'q.

AI yordamchi beshta ishni bajaradi va bitta qoidaga bo'ysunadi.

  1. 1turkumlaydi
  2. 2kartochkani to'ldiradi
  3. 3xulosa beradi
  4. 4faylni o'qiydi
  5. 5qoralama yozadi

AI xabarni 7 turkumga ajratadi

Kelgan har bir yozishma yettita turkumdan biriga tushadi: mijoz, hamkor, xodim, reklama, shaxsiy, boshqa va noaniq. AI butun yozishmani — oxirgi o'ttizta xabarni — o'qib qaror qiladi, qarori yonida esa bir jumlalik sabab yoziladi, ya'ni nega shunday belgilaganini ko'rish mumkin.

SHEYNAZ CRM — AI o'qiydigan narsa shu — mijozning o'z yozishmasi
AI o'qiydigan narsa shu — mijozning o'z yozishmasi. Turkum, xulosa va javob qoralamasi aynan shu matndan chiqadi. Surat demo bazadan olingan.

Kartochkani AI mijoz so'zidan to'ldiradi

Kartochka to'ldirilganda qoida bitta: faqat mijoz aytgan narsa yoziladi, qolgani bo'sh qoladi. AI yozishmadan beshta maydonni ajratadi — ism, xizmat turi, yo'nalish, kerakli sana, yo'lovchilar soni — va mijoz o'z byudjetini aytgan bo'lsa uni ham. Xizmat turi faqat tizimdagi ro'yxatdan tanlanadi: avia, tur, viza, mehmonxona yoki boshqa; ro'yxatdan tashqari javob qabul qilinmaydi. Natijada menejer bo'sh kartochkani to'ldirishdan boshlamaydi: u tayyor maydonlarni tekshiradi va yetishmaganini so'raydi.

Uzun suhbatdan AI xulosa chiqaradi

Yozishma yuz xabarga yetganda yangi xodim uni boshidan o'qiydi va vaqt ketadi. AI xulosa beradi: mijoz nima istaydi, gap qayerda to'xtagan, keyingi aniq harakat nima. Shu bilan birga bitim qaysi bosqichda turishi kerakligini ham taklif qiladi, lekin bosqichni o'zi surmaydi — buni bitimlar voronkasi sahifasida yozganimizdek, qarorni xodim beradi. Yozishma «suhbat» holatida bo'lsa, AI voronkaga o'tkazishni ikki shart birga bajarilganda taklif qiladi: mijoz aniq xizmat so'ragan va xodim taklif bera boshlagan bo'lsa.

AI qoralamasida narx yozilmaydi

Javob qoralamasida narx, summa va chegirma yozilmaydi — bu qat'iy taqiq va u tizim darajasida qo'yilgan. Qoralama tayyor bo'lganda matn yana bir marta tekshiriladi: ichida summaga o'xshash narsa topilsa, uning o'rniga «narxni xodim yozadi» degan belgi qo'yiladi.

AI chipta PDF ini va pasportni o'qiydi

Xodim chiptani bitimga biriktiradi, AI uni o'qiydi va ma'lumot firmaning blankida PDF bo'lib chiqadi — bron raqami, yo'lovchilar, reys, shahar, vaqt, bagaj. Batafsil: chipta va vaucher firma blankida. Pasport ham shunday: rasmdan ma'lumot o'qiladi, keyin pasportning nazorat raqamlari bilan tekshiriladi — xato o'qilgan raqam shu tekshiruvda ushlanadi. Xodimning erkin matnda yozgan kunlik otcheti ham o'qiladi: AI undan har bir savdoni alohida ajratadi, raqamlarni o'zgartirmaydi va kishi soni yozilmagan bo'lsa taxmin qilmaydi — savdo va foyda.

SHEYNAZ CRM bitimlar bo'limi: AI to'ldirgan bitim kartalari
Bitimlar bo'limi: AI ajratgan so'rov shu kartaga tushadi — xizmat turi, yo'nalish, sana va kishi soni bilan. Surat demo bazadan olingan.
Sinab ko'rgan firmalar
  • SHEYNAZ TRAVEL
  • GRAND TURAN
  • LOVE TRAVEL

Narx ichiga nima kiradi?

150 000 so'm
oyiga har foydalanuvchi; eng kami 5 ta — 4 xodim va 1 administrator. Oltinchi odamdan boshlab har biri oyiga 150 000 so'm.

AI uchun alohida hisob chiqarilmaydi. Xizmat shartlarining 5-bandida shunday yozilgan: AI funksiyalari — chiptani avtomatik o'qish, suhbat tahlili, javob qoralamasi, bitim kartochkasini to'ldirish — oylik obuna narxiga kiradi, qo'shimcha to'lov yo'q. O'sha bandning ikkinchi yarmi ham bor va biz uni yashirmaymiz: AI uchun qo'llaniladigan xizmatlar narxi keskin oshsa, firmaga kamida 30 kun oldin xabar beriladi. Ya'ni va'da muddatsiz emas, lekin o'zgarish bir kechada bo'lmaydi.

  • Oyiga 750 000 so'm, 5 foydalanuvchigacha — 4 xodim va 1 administrator. Oltinchi odamdan boshlab har biri oyiga 150 000 so'm: 8 kishi — 1 200 000 so'm, 10 kishi — 1 500 000 so'm.
  • 21 kun bepul sinov — firmaning CRM i ochilgan kundan hisoblanadi. AI sinov davrida ham ishlaydi, chunki u tarifning ichida.
  • O'rnatish — bir marta 2 500 000 so'm, 2026-yil 31-dekabrgacha ariza qoldirgan firma uchun 0.
  • 11 ta dars tizim ichida, o'zbek va rus tilida. Yangi xodim kursni bir kunda o'tadi.

Narx va shartlar xizmat shartlari sahifasidan olingan. Oylik narx o'zgarsa ham firmaga kamida 30 kun oldin xabar beriladi (2-band).

AI yordamchining chegaralari

Chegaralarni oldin aytamiz, keyin topib olmang.

  • AI mijozga o'zi yozmaydi va hujjat yubormaydi. Har natija xodim tasdig'idan o'tadi; buni chetlab o'tadigan sozlama qo'yilmagan.
  • Narx aytmaydi. Qoralamadagi summa olib tashlanadi, o'rniga xodimga belgi qoldiriladi.
  • Yo'q narsani o'ylab topmaydi, lekin xato o'qishi mumkin. Pasport nazorat raqami bilan tekshiriladi, chipta va vaucherni esa xodim ko'zdan o'tkazadi — shuning uchun tasdiq majburiy.
  • Voronkani o'zi surmaydi: taklif qiladi va sababini yozadi, bosqichni xodim o'zgartiradi.
  • AI xizmatlari narxi keskin oshsa, firmaga kamida 30 kun oldin xabar beriladi (shartlar, 5-band). Kafolat muddatsiz emas — shuni ochiq aytyapmiz.
SHEYNAZ CRM mijozlar bo'limi: AI ajratgan mijoz kartasi
Mijozlar bo'limi: AI «mijoz» deb belgilagan yozishmadan karta shu ro'yxatga tushadi. Baza firmaning mulki — xizmat shartlarining 3-bandi. Surat demo bazadan olingan.

AI yordamchi — ko'p so'raladigan savollar

AI yordamchi nima qiladi — 5 ish va 1 qoida

AI yordamchi beshta ishni bajaradi va bitta qoidaga bo'ysunadi. Birinchisi — kelgan xabarni turkumlaydi: yozgan odam mijozmi, hamkormi, xodimmi yoki shunchaki reklama. Ikkinchisi — bitim kartochkasini to'ldiradi: xizmat turi, yo'nalish, kerakli sana, yo'lovchilar soni va mijozning o'zi aytgan byudjeti. Uchinchisi — uzun yozishmani xodim uchun bir-ikki jumlaga qisqartiradi va keyingi qadamni aytadi. To'rtinchisi — biriktirilgan chipta PDF ini o'qib, ma'lumotni firma blankiga o'tkazadi. Beshinchisi — mijozning oxirgi xabariga javob qoralamasini yozadi. Qoida esa shunday: AI mijozga o'zi hech narsa yubormaydi. Har natija xodimga ko'rsatiladi, xodim uni tahrir qiladi yoki tashlab yuboradi — yuborish tugmasini odam bosadi. Shu sababli AI xato qilsa, xato mijozga yetib bormaydi va firma nomidan noto'g'ri gap ketmaydi. Ishning hammasi CRM ichida bo'ladi: xodim boshqa oynaga o'tmaydi va matnni ko'chirib yurmaydi. Natija yozishma turgan joyda — suhbatlar bo'limida va bitim kartasida — chiqadi.

AI xabarni 7 turkumga ajratadi: mijoz, hamkor, xodim, spam

Kelgan har bir yozishma yettita turkumdan biriga tushadi: mijoz, hamkor, xodim, reklama, shaxsiy, boshqa va noaniq. AI butun yozishmani — oxirgi o'ttizta xabarni — o'qib qaror qiladi, qarori yonida esa bir jumlalik sabab yoziladi, ya'ni nega shunday belgilaganini ko'rish mumkin. Mijoz deb belgilansa, uning so'rovi ham ajratiladi va yangi bitim shu maydonlar bilan ochiladi: xizmat turi, yo'nalish, kerakli sana, yo'lovchilar soni. Hamkor deb belgilangan yozishma — boshqa firma, aviakompaniya yoki mehmonxonaning taklifi — voronkaga tushmaydi va menejerning ro'yxatini to'ldirmaydi. Shubha bo'lsa turkum «noaniq» bo'ladi va yozishma baribir bitim qilib qo'yiladi: mijozni yo'qotgandan ko'ra ortiqcha bitim arzonga tushadi. Odam oldin boshqa turkum olgan bo'lsa ham, AI yangi yozishmaga qarab qaytadan hal qiladi. Shaxsiy yozishmalar ham ajratiladi: do'st yoki qarindosh yozgan xabar bitim qilinmaydi va ro'yxatga tushmaydi. Xodimning o'z akkauntiga kelgan yozishma uchun bu alohida muhim, chunki u yerda ish va shaxsiy gap birga keladi.

AI qoralamasida narx yozilmaydi — summani xodim yozadi

Javob qoralamasida narx, summa va chegirma yozilmaydi — bu qat'iy taqiq va u tizim darajasida qo'yilgan. Qoralama tayyor bo'lganda matn yana bir marta tekshiriladi: ichida summaga o'xshash narsa topilsa, uning o'rniga «narxni xodim yozadi» degan belgi qo'yiladi. Sabab bor — narx yetkazuvchi, sana va kishi soniga qarab o'zgaradi, AI esa bugungi narxni bilmaydi, bilmagan narsani aytgan javob esa firmaga ziyon keltiradi. Qoralama ikki-to'rt jumladan iborat bo'ladi va yetishmagan ma'lumotni so'raydi: sana, necha kishi, bagaj yoki byudjet. Kerak bo'lsa «narxni aniqlab hozir yozaman» deb yozadi — va'da bermaydi. Mijozga ketadigan hujjatlarda ham qoida shu: chipta va vaucher blankida to'lov summasi, agent kodi va ichki izohlar ko'rsatilmaydi. Summani faqat odam yozadi. Taqiqni ochadigan sozlama xodimda yo'q va u muddatsiz turadi — «vaqtincha o'chirib qo'yaylik» degan yo'l qoldirilmagan. Shuning uchun javob biroz sekinroq ketadi, lekin xato narx mijozga bormaydi.

AI uchun alohida to'lov bormi?

Yo'q. Xizmat shartlarining 5-bandida yozilgan: AI funksiyalari oylik obuna narxiga kiradi. Tarif — 750 000 so'm, 5 foydalanuvchigacha; oltinchi odamdan boshlab har biri 150 000 so'm.

AI mijozga o'zi javob yozib yuboradimi?

Yo'q. AI qoralama yozadi, xodim uni o'qiydi, tahrir qiladi yoki tashlab yuboradi. Yuborish tugmasini odam bosadi — boshqa yo'l qoldirilmagan.

Nega AI narx aytmaydi?

Narx yetkazuvchi, sana va kishi soniga qarab o'zgaradi, AI esa bugungi narxni bilmaydi. Shuning uchun qoralamadan summa olib tashlanadi va o'rniga xodimga belgi qoladi.

AI hamkor taklifini mijoz deb olib qo'ymaydimi?

Turkumlash aynan buning uchun qilingan: hamkor, xodim va reklama yozishmalari alohida belgilanadi va voronkaga tushmaydi. Shubha bo'lsa turkum «noaniq» bo'ladi va yozishma baribir bitim qilinadi — mijozni o'tkazib yuborgandan ko'ra shunisi arzon.

Chipta PDF ini AI qanchalik aniq o'qiydi?

Ism va sanani xato o'qishi mumkin, shuning uchun tayyor hujjat xodim tasdig'isiz mijozga ketmaydi. Hujjatda yo'q maydon esa o'ylab topilmaydi: bo'sh qoladi.

Yozishmalarimizni AI o'qiydi — ma'lumot kimda qoladi?

Firmaning mijozlari, savdolari va yozishmalari firmaning mulki. Xizmat shartlarining 3-bandiga ko'ra ularni biz o'z biznesimiz uchun ishlatmaymiz va uchinchi shaxsga bermaymiz; texnik xodim ma'lumotga faqat firmaning iltimosi bilan yoki nosozlikni tuzatish uchun kiradi.

AI ni o'chirib qo'ysa bo'ladimi?

AI ning hamma natijasi taklif ko'rinishida keladi, shuning uchun uni ishlatmaslik xodimning qo'lida: qoralamani tashlab yuborasiz, kartochkani o'zingiz to'ldirasiz. Tarif narxi bundan o'zgarmaydi — AI narx ichida.

AI ni o'z yozishmangizda ko'rsatamiz

Firmani ulaymiz, bitta haqiqiy yozishmani va bitta chiptani olib ko'rsatamiz: AI nimani to'g'ri ajratdi, nimani xodim tuzatdi. 21 kun bepul, o'rnatish 2026-yil 31-dekabrgacha — bepul.

Firmani ulash Telegramda yozish