Turagentliklar uchun · 2026

Mijoz yo'qolmaydi, savdo o'zi hisoblanadi

Telegramdagi murojaat, voronka, to'lov, chipta va kunlik hisobot — bitta oynada. Turagentlikning o'zi yasagan CRM.

SHEYNAZ TRAVEL jamoasi har kuni o'zi ishlatadi · ariza 2 daqiqa · o'rnatish va o'qitish biz tomondan
0so'm / oyiga
5 foydalanuvchigacha
1 kunulanish: baza,
xodimlar, Telegram
AIchipta va vaucher
o'qish — narx ichida
demo.sheynaz.uz — voronka
SHEYNAZ CRM voronka
+3yangi murojaat
$1 500bugungi savdo
2 daqiqachipta blanki
Mahsulot

Turfirma ishi uchun tayyorlangan

Umumiy CRM larni sayohat biznesiga moslashtirish kerak bo'ladi — bizniki esa turagentlik ichida tug'ilgan. Har bo'lim kundalik ishdan chiqqan, ishlamaydigan "chiroyli" bo'lim yo'q.

01

Voronka va mijozlar bazasi

Har murojaat kartochka bo'lib keladi: yangi, suhbat, taklif berildi, to'lov kutilmoqda, sotildi. Kim qaysi bosqichda turgani bir ko'rinishda, egasiz murojaatlar umumiy havzada.

02

Telegram Business

Xodim mijozga o'z telefonidan yozaveradi — yozishma CRM ga o'zi tushadi. Shaxsiy chatlari ko'rinmaydi.

03

Savdo va foyda

Netto va brutto kiritiladi, foyda o'zi chiqadi. So'm va dollar, kunlik va oylik kesim.

04

Chipta va vaucher

PDF yoki rasm yuklaysiz — AI o'qiydi, hujjat firmangiz blankida chiqadi.

05

Vazifa va nazorat

Qo'ng'iroq, to'lov eslatmasi, hujjat. Muddati o'tgani qizil bo'lib turadi.

06

Xodimlar uchun o'quv — CRM ichida

Turagent kursi: 5 kunlik dastur, test savollari, rahbar tekshiradigan javoblar. Yangi xodim birinchi haftadayoq mustaqil ishlay boshlaydi.

O'quv bo'limi
Qanday ishlaydi

Mijoz yozganidan hisobot yopilgunicha

Xodim odatini o'zgartirmaydi: u Telegramda yozishda davom etadi, CRM qolgan ishni o'zi qiladi.

01

Murojaat tushadi

Telegram yoki Instagram xabari CRM ga keladi. AI kim yozganini aniqlaydi va so'rovni kartochkaga yozadi. Javob kutayotgan chatlar alohida ajralib turadi.

02

Bitim yuritiladi

Yo'nalish, sana, kishi soni, byudjet, mas'ul xodim. Telefon bo'lmasa Telegram username bilan ham. "Sotildi" — netto va brutto, foyda o'zi hisoblanadi.

03

Hisobot o'zi yopiladi

Kun oxirida qo'lda otchet yozish kerak emas. Foyda, o'rtacha chek, xodimlar reytingi tayyor. Chiqimlar va maosh ham shu yerda.

CRM ekrani
Nega biz

Dasturchi firma emas — turagentlikmiz

SHEYNAZ TRAVEL — Toshkentdagi turagentlik. Bu CRM ni o'zimiz uchun qildik va har kuni 8 xodim bilan ishlatamiz. Sizga taklif qilayotganimiz — o'zimiz ishonib ishlatayotgan tizim.

Yo'nalishlar
Istanbul · Dubay · Antalyaeng ko'p sotilgan yo'nalishlar
1 200+mijoz kartochkasi
3 bo'limaviakassa · tur · viza

O'zbek tilida

Interfeys, o'quv va qo'llab-quvvatlash o'zbekcha. Rus va ingliz tili ham bor.

Ma'lumot alohida

Har firmaga alohida baza va manzil. Biz sizning mijozlaringizni ko'rmaymiz, boshqa firma ham ko'rmaydi.

AI narx ichida

Tasniflash, kartochkani to'ldirish, javob taklifi, chipta va pasportni o'qish — qo'shimcha to'lovsiz.

Ulanish ham, o'qitish ham biz tomondan

CRM ni ochamiz, xodimlarni kiritamiz, Telegramni ulaymiz, blankni sozlaymiz va jamoani bir soat o'qitamiz. Eski bazangizni Excel dan ko'chiramiz.

Rahbar ish stoli
Narx

Jamoangiz hajmiga qarab to'laysiz

Yashirin to'lov yo'q. Foydalanuvchi — CRM ga kiradigan har bir odam: xodimlar va admin.

Oylik obuna
700 000so'm / oyiga
5 foydalanuvchigacha — 4 xodim va 1 admin
  • +Barcha bo'limlar: voronka, suhbatlar, savdo, vazifalar, o'quv
  • +Firma blanki: logo va ranglar sozlamada
  • +AI yordamchi, chipta va vaucherlarni o'qish
  • +Yangilanishlar va qo'llab-quvvatlash
  • +Har qo'shimcha foydalanuvchi — 150 000 so'm
Demo so'rash
Misollar
5 foydalanuvchi700 000
8 foydalanuvchi1 150 000
10 foydalanuvchi1 450 000
15 foydalanuvchi2 200 000
O'rnatish — 2 500 000 so'm, bir marta.
CRM ni ochish va sozlash, xodimlarni kiritish, Telegramni ulash, firma blanki, jamoani 1 soat o'qitish.
Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

01 Demo versiyani qanday ko'raman?

Ariza qoldiring — to'ldirilgan demo CRM ga kirish ma'lumotini beramiz va onlayn ko'rsatib chiqamiz. Kelishilsa o'z firmangiz uchun sinov nusxasini ochamiz.

02 Eski mijozlar bazasini ko'chirish mumkinmi?

Ha. Excel yoki Google Sheets faylingizni bersangiz, o'rnatish paytida biz ko'chiramiz.

03 Xodimlarning shaxsiy yozishmalari ko'rinadimi?

Yo'q. CRM ga faqat mijozlar bilan bo'lgan ish yozishmalari tushadi, shaxsiy chatlar xodimning o'zida qoladi.

04 Ma'lumotlarimiz qayerda saqlanadi?

Har firmaga alohida baza va o'z manzili ajratiladi. Ma'lumot boshqa firmalar bilan aralashmaydi, kirish Telegram kodi bilan himoyalangan.

05 To'lov qanday?

Oylik, so'mda. O'rnatish bir marta to'lanadi. Shartnoma va hisob-faktura bilan ishlaymiz.

06 Xodim soni o'zgarsa?

Foydalanuvchi qo'shsangiz +150 000 so'm, kamaytirsangiz keyingi oydan kamayadi.

Boshlash

Firmangiz uchun
CRM ochamiz

Ariza to'ldirishga ikki daqiqa ketadi. Ko'rib chiqib bog'lanamiz, demo ko'rsatamiz va kelishilsa bir kun ichida ulaymiz.

AbdulAziz Sattarov · SHEYNAZ TRAVEL asoschisi · +998 99 993 33 38 · @abdulazizturist