SHEYNAZ CRM

Savdo bitta qatorda, foydani CRM hisoblaydi

Xodim savdoni bitta qator bilan kiritadi, qolganini SHEYNAZ CRM o'zi qiladi.

Firmani ulash Narxni ko'rish

SHEYNAZ CRM savdolar bo'limi: netto, brutto va foyda ustunlari, yuqorida davr bo'yicha yakun
Savdolar bo'limi: har satrda netto, brutto va foyda, yuqorida tanlangan davr bo'yicha yakun. Surat demo bazadan olingan, interfeys o'zbekcha.
1 qatorsavdo shunday kiritiladi — botga yoki shaklga
6 maydonyo'nalish, sana, kishi, netto, brutto, telefon

Muallif: Azizbek Sattarov — «SHEYNAZ TRAVEL» MChJ asoschisi (Toshkent, turizm litsenziyasi № 067204, 2023-yil 6-martdan) va SHEYNAZ CRM ishlab chiquvchisi. Yozilgan va yangilangan: 2026-yil 25-oktabr. Sahifadagi texnik tafsilotlar 2026-yil 25-oktabrda ishlab turgan tizim kodida tekshirilgan; narx va shartlar xizmat shartlari sahifasidan olingan.

Netto, brutto, foyda: qaysi ustun nima

UstunMa'nosiKim yozadiNamuna
NettoFirma yetkazuvchiga to'laydigan summaXodim kiritadi$290
BruttoTurist firmaga to'laydigan summaXodim kiritadi$320
FoydaBruttodan netto ayirilganiCRM savdo saqlanganda yozadi$30

Savdo Telegram botga bitta qator bilan kiritiladi

Xodim botga «TAS-DXB 26.10 2 300 320 Karim +998901112233» deb yozadi, bot qatorni oltita maydonga ajratib ekranga chiqaradi. Xodim tasdiqlamaguncha hech narsa bazaga yozilmaydi.

Xuddi shu savdoni CRM oynasidagi shakl orqali ham kiritish mumkin — bot majburiy emas, ikkisi bitta bazaga yozadi.

Foydani CRM hisoblaydi, Excel formulasi kerak emas

Savdo saqlangan paytda foyda ustuni o'zi to'ladi: bruttodan netto ayriladi. Savdolar bo'limida har satrda uchala raqam yonma-yon turadi, yuqorida esa tanlangan davr bo'yicha yakun chiqadi.

Hisobotda davr, xizmat turi va xodim bo'yicha filtr bor, butun bazani esa CSV fayllar to'plami qilib yuklab olish mumkin.

SHEYNAZ CRM bitimlar bo'limi: bitimlar voronkasi ustunlar bo'yicha
Savdo yopilganda bitim «sotildi» ustuniga o'tadi va netto, brutto, foyda shu paytda yoziladi. Batafsil: bitimlar voronkasi. Surat demo bazadan olingan.

Kunlik otchet CRM dan chiqadi, xodimdan emas

Savdo saqlanishi bilan otchetga qisqa qator qo'shiladi: kim sotdi, nima sotdi, necha kishi, qancha foyda. Yonida o'sha kunning yakuni turadi, xodim otchetni ikkinchi marta yozib o'tirmaydi. Firmada Telegram guruhi bo'lsa, shu qatorni guruhga ham yuborishga sozlash mumkin.

Xodim botga «/bugun» deb yozsa, o'sha kunning yakunini o'zi ham oladi.

Ish stolida uchta bitim hisobi turadi

  • Keyingi qadami belgilanmagan bitimlar

    soni ish stolida turadi.

  • 3 kundan beri qimirlamagan bitimlar

    soni — o'sha yerda.

  • Hech kimga berilmagan bitimlar

    soni — rahbar uchun.

Pastida shu oyning savdolari va foydasi turadi, ro'yxatni ochish shart emas.

SHEYNAZ CRM ish stoli: shu oy savdolari va foydasi, keyingi qadami yo'q bitimlar soni
Ish stoli: chapda keyingi qadami yo'q va qimirlamagan bitimlar soni, pastda shu oy savdolari va foydasi. Surat demo bazadan olingan.

Mijoz kartasida xaridlar soni va foyda

Savdo saqlanganda mijoz kartasiga ulanadi, shuning uchun o'sha odam qaytib kelganda oldingi xaridlari ro'yxatda turadi. Karta yonida xaridlar soni va shu mijozdan tushgan foyda ko'rinadi.

Baza firmaning mulki bo'lib qoladi, buni xizmat shartlarining 3-bandi aytadi.

SHEYNAZ CRM mijozlar bo'limi: telefon, xaridlar soni va foyda ustunlari
Mijozlar bo'limi: telefon, xaridlar soni, shu mijozdan tushgan foyda va oxirgi xarid sanasi. Surat demo bazadan olingan.

Dollar, qarz, xato netto — 4 ta holat

Dollarda sotilgan chipta so'mga qanday o'tadi

Aviachipta ko'pincha dollarda, tur va viza esa so'mda sotiladi — shuning uchun hisob ikki valyutada yuritiladi va kunlik yakunda ikkisi alohida ko'rinadi. Tizim har kuni bank kursini yozib qo'yadi va hisobotda foydani o'sha savdo kunining kursi bilan keltiradi. Ya'ni sentabrdagi savdo bugungi kurs bilan qayta hisoblanmaydi: har savdo o'z kunining kursida qoladi.

Qarzga sotilgan chipta va to'lov muddati

Turist pulning bir qismini keyin to'laydigan holat alohida yuritiladi: savdoni saqlashda qarz summasi va to'lov muddati kiritiladi, olingan qism esa to'lov bo'lib yoziladi. Shundan keyin bitim «qarz bor» belgisi va muddati bilan turadi. Mijoz kartasida ochiq qarz ko'rinib turgani uchun yangi so'rov kelganda xodim avval qarzni ko'radi — tizim ham shu holatni yangi savdo deb olmaydi.

Netto 0 yoki brutto nettodan kichik

Oxirgi 30 kun ichida netto yoki brutto nolga teng bo'lgan, yoki brutto nettodan kichik bo'lgan savdolar alohida ro'yxatga chiqadi. Sabab bor: bunday yozuv kunlik foydani buzadi va uni oy oxirida topish qimmatga tushadi. Xodim bu ro'yxatda faqat o'z savdolarini ko'radi, boshqaning summasi unga ko'rsatilmaydi.

Erkin matnli otchetni AI ajratadi

Erkin matnda yozilgan otchetni tizim ham o'qiydi: AI matndan har bir savdoni alohida ajratadi — yo'nalish, sana, kishi soni, netto, brutto. Natija xodimga ko'rsatiladi va u tasdiqlagandan keyin yoziladi, o'zicha saqlanmaydi.

Yozishma Telegramdan CRM ga kiradi

Sinab ko'rgan firmalar
  • SHEYNAZ TRAVEL
  • GRAND TURAN
  • LOVE TRAVEL

Narx ichiga nima kiradi?

150 000 so'm
oyiga har foydalanuvchi; eng kami 5 ta — 4 xodim va 1 administrator. Oltinchi odamdan boshlab har biri oyiga 150 000 so'm.

Ha, ikkisi ham narx ichida. Tarif: oyiga 150 000 so'm — har foydalanuvchi uchun. Obuna eng kami 5 foydalanuvchidan boshlanadi, ya'ni 4 xodim va 1 administrator (750 000 so'm). Oltinchi odamdan boshlab har bir foydalanuvchi ham o'sha 150 000 so'm qo'shadi: 8 kishi — 1 200 000 so'm, 10 kishi — 1 500 000 so'm. Barcha bo'limlar, yangilanishlar va AI yordamchi shu narx ichida; qo'shimcha to'lov yo'q.

  • 21 kun bepul sinov — firmaning CRM i ochilgan kundan hisoblanadi, sinov davrida hech narsa olinmaydi.
  • O'rnatish — bir marta 2 500 000 so'm, 2026-yil 31-dekabrgacha ariza qoldirgan firma uchun 0. Ichiga kiradi: CRM ni ochish va sozlash, xodimlarni kiritish, Telegramni ulash, firmaning hujjat blanki va jamoani 1 soat o'qitish.
  • 11 ta dars tizim ichida, o'zbek va rus tilida — kirish, ish stoli, bitimlar, savdo kiritish, mijozlar, so'rovlar, suhbatlar, vazifalar, kassa, xodimlar va hisobotlar. Yangi xodim ularni bir kunda o'tadi.

Narx va muddat xizmat shartlari sahifasidan olingan. Narx o'zgarsa, firmaga kamida 30 kun oldin xabar beriladi — bu ham shartlarda yozilgan (2-band).

CRM savdo hisobining chegaralari

Chegaralarni oldin aytamiz, keyin topib olmang.

  • Netto va bruttoni xodim kiritadi. Tizim yetkazuvchidan narxni o'zi olmaydi: u hisoblaydi, lekin summani o'ylab topmaydi.
  • Bir qatorli savdoda tartib qat'iy — yo'nalish, sana, kishi, netto, brutto, telefon. Tartib buzilsa bot saqlamaydi, qayta yozishni so'raydi.
  • Kurs bank kursi, firmaning o'z ayirboshlash kursi emas. Firma boshqa kursda ishlasa, dollardagi yakun undan farq qiladi.
  • Erkin matnli otchetni AI ajratadi, lekin natija xodim tasdiqlagandan keyin yoziladi — avtomatik saqlanmaydi.

Tez-tez so'raladigan savollar — savdo, netto va brutto

Savdo CRM ga qanday kiritiladi — 1 qator va 6 maydon?

Savdo CRM ga bitta qator bilan kiritiladi, qatorda esa oltita maydon turadi: yo'nalish, parvoz sanasi, yo'lovchilar soni, netto, brutto va mijoz telefoni. Xodim Telegram botga «TAS-DXB 26.10 2 300 320 Karim +998901112233» deb yozadi, bot qatorni ajratib natijani ekranga chiqaradi, xodim tasdiqlaganidan keyin savdo bazaga yoziladi — tasdiqsiz hech narsa saqlanmaydi. Mijoz telefoni majburiy: raqamsiz savdo o'tmaydi, chunki mijozlar bazasi shu raqam ustida yig'iladi. Raqamlar tartibi qat'iy: uchta son kelsa — kishi soni, netto, brutto; ikkita son kelsa — netto va brutto, kishi soni bitta deb olinadi. Tanimagan narsa taxmin qilinmaydi, bot xato beradi va qatorni qayta yozishni so'raydi. Xuddi shu savdoni CRM oynasidagi shakl orqali ham kiritish mumkin: bot majburiy emas, ikkisi bitta bazaga yozadi. Avia savdosida qo'shimcha maydonlar bor — reys, PNR, qaytish sanasi va bagaj. Savdo saqlanganda bitim «sotildi» bosqichiga o'tadi va mijoz kartasiga ulanadi, shuning uchun o'sha odam keyin qaytib kelganda oldingi xaridlari ro'yxatda turadi.

Netto, brutto va foyda: hisobni CRM qiladi, Excel emas

Netto — firma yetkazuvchiga to'laydigan summa, brutto — turist firmaga to'laydigan summa, foyda esa shu ikkisining ayirmasi. Hisobni CRM ning o'zi qiladi: savdo saqlanganda foyda ustuni to'ladi, shuning uchun yonidagi Excel faylda formula yuritish kerak emas. Savdolar bo'limida har satrda netto, brutto va foyda yonma-yon turadi, yuqorida esa tanlangan davr bo'yicha yakun chiqadi. Mijozlar bo'limida har bir mijoz yonida uning xaridlari soni va shu mijozdan tushgan foyda ko'rinadi — ya'ni kim foyda keltirayotganini eslab qolish shart emas, ro'yxatning o'zi aytadi. Rahbar paneli shu hisob ustiga quriladi: kim nima sotdi, qaysi yo'nalishda qancha foyda bo'ldi. Ichki buxgalteriya esa alohida bo'lim — kassa qoldig'i, chiqimlar, takrorlanuvchi chiqimlar, hamkorlar bilan hisob-kitob va maosh qoidalari savdodan ajratilgan. Hisobotda davr, xizmat turi va xodim bo'yicha filtr bor, shuning uchun «oktabrda vizadan qancha foyda bo'ldi» degan savolga javob bitta ekranda chiqadi. Raqamni qo'lda ko'chirish ham shart emas: firma butun bazasini CSV fayllar to'plami qilib yuklab oladi.

Kunlik otchet kimdan chiqadi — xodimdan yoki CRM dan?

Kunlik otchetni CRM chiqaradi, xodim uni ikkinchi marta yozib o'tirmaydi. Qoida tizimda 2026-yil sentabridan beri shunday: CRM da qilingan savdo otchetga o'zi qo'shiladi, ham CRM ga, ham qo'lda yozish ikki marta ishlash bo'ladi. Amalda bu shunday ko'rinadi: xodim savdoni saqlaydi, otchetga qisqa qator qo'shiladi — kim sotdi, nima sotdi, necha kishi, qancha foyda — va yonida o'sha kunning yakuni turadi. Yakunda savdolar soni, yo'lovchilar soni, netto, brutto va foyda, pastida esa jami foyda yoziladi. Xodim botga «/bugun» deb yozsa, o'sha kunning yakunini o'zi ham oladi. Erkin matnda yozilgan otchet ham o'qiladi: AI matndan har bir savdoni alohida ajratib beradi, xodim ko'rib tasdiqlaydi — tasdiqsiz yozilmaydi. Har bir qator sotgan xodimning ismi bilan yoziladi, shuning uchun otchetda kimning savdosi ekani aralashmaydi. Firmada Telegram guruhi bo'lsa, shu qatorni guruhga ham yuborishga sozlash mumkin — bu majburiy emas. Oy oxirida esa shu kunlik qatorlar yig'ilib hisobotga tushadi va alohida jamlash ishi qolmaydi.

Savdoni kiritish uchun kompyuter oldiga borish kerakmi?

Yo'q. Savdo Telegram bot orqali telefondan bitta qator bilan kiritiladi, xuddi shu savdoni CRM oynasidagi shakl orqali ham kiritish mumkin. Ikkisi bitta bazaga yozadi.

Foydani kim hisoblaydi?

Tizim. Foyda bruttodan nettoni ayirish yo'li bilan savdo saqlangan paytda yoziladi — savdolar ro'yxatida, mijoz kartasida va kunlik yakunda shu raqam ko'rinadi.

Kunlik otchetni qo'lda o'zim yozamanmi?

Yo'q. CRM da qilingan savdo otchetga o'zi qo'shiladi va kunlik yakun o'sha ekranda turadi. Ikki marta yozish kerak emas. Firmada Telegram guruhi bo'lsa, qatorni guruhga ham yuborishga sozlash mumkin.

Eski, erkin matnda yozilgan otchetlar nima bo'ladi?

Ularni ham tizim o'qiydi: AI matndan har bir savdoni alohida ajratadi — yo'nalish, sana, kishi soni, netto, brutto. Natija xodimga ko'rsatiladi va u tasdiqlagandan keyin yoziladi.

Dollardagi va so'mdagi savdolar aralashib ketmaydimi?

Yo'q. Har savdo o'z valyutasida saqlanadi, kunlik yakunda ikkisi alohida chiqadi, hisobotda esa foyda savdo kunining bank kursi bilan keltiriladi.

Qarzga sotilgan chiptani tizim yuritadimi?

Ha. Savdoni saqlashda qarz summasi va to'lov muddati kiritiladi, olingan qism to'lov bo'lib yoziladi. Bitim «qarz bor» belgisi bilan turadi va muddati ko'rinadi.

Savdo va hisobot uchun alohida to'lov bormi?

Yo'q. Oylik tarif — har foydalanuvchi uchun 150 000 so'm, obuna eng kami 5 tadan boshlanadi (750 000 so'm); oltinchi odamdan boshlab ham har biri 150 000 so'm. O'rnatish bir marta 2 500 000 so'm, 2026-yil 31-dekabrgacha ariza qoldirgan firmaga 0. Sinov — 21 kun.

Oxirgi uchta savdongizni CRM ga kiritib ko'ring

Firmani ulaymiz, botni sozlaymiz va oxirgi uchta savdoyingizni kiritasiz: netto, brutto, foyda va kunlik yakun bir xilmi — o'zingiz ko'rasiz. 21 kun bepul, o'rnatish 2026-yil 31-dekabrgacha — bepul.

Firmani ulash Telegramda yozish