CRM buxgalteriyasi 3 savolga javob beradi
Pul qayerda, hamkorga qancha qarzimiz bor, mijoz bizdan qancha qarzdor. Bo'lim aynan shu uchtasi uchun qurilgan — boshqasi uchun emas.
Tepada davr bo'yicha sof foyda turadi: savdo foydasidan xarajat ayirilgan holda, yonida savdo soni va brutto bilan.
- 1pul qayerda
- 2hamkorga qancha qarzimiz
- 3mijoz qancha qarzdor
Oy oxiridagi savol: pul qayerda
Sotuv yaxshi ketdi, lekin oy oxirida qo'lda qolgan pul kutilgandan kam. Bir qismi kassada, bir qismi kartada, bir qismi mijozda qarz, yana bir qismi hamkorga to'lanishi kerak.
Daftardagi raqam bilan haqiqiy qoldiq bir marta og'ib ketsa, keyin uni qaytadan yig'ib chiqish bir kunlik ish bo'ladi.
Kassa qoldig'i saqlanmaydi, hisoblanadi
Qoldiq har safar harakatlardan qayta hisoblanadi. Saqlangan raqam bir marta og'sa yo'qoladi, hisoblangani esa har doim yozuvlarga teng bo'ladi.
Kassa to'rt turda ochiladi, har biriga o'z valyutasi va boshlang'ich summasi beriladi. Kassalar orasidagi o'tkazma ham yoziladi.
Qarz brutto minus to'langan
Qarz savdodan tug'iladi: bitimni «sotildi» ga o'tkazayotganda summani va muddatini yozasiz. Har to'lovdan keyin qoldiq o'zi qayta hisoblanadi.
Hamkor tomoni teskari — savdoning netto qismi bizning qarzimiz, to'lagan pulimiz uni kamaytiradi. Qoldiq har valyuta bo'yicha alohida chiqadi.
Muddat haqidagi kelishuv CRM da qoladi
«Keyingi hafta to'layman» degan gap yozishmada aytiladi. Yozishma esa o'sha mijozning kartasiga ulangan — qarz muddatini yozayotganda uzoq izlash kerak emas.
Keyin «men unday demagandim» degan bahs ham bo'lmaydi: gap o'z sanasi bilan turadi.
So'm o'sha kunning kursi bilan o'giriladi
Bugungi kurs bilan emas — savdo bo'lgan kunning kursi bilan. Shuning uchun o'tgan oyning hisoboti bugun ochilganda ham o'zgarmaydi.
Kurs har kuni ochiq manbadan yoziladi, olish va sotish qiymatidan kichigi olinadi. Kerakli kun topilmasa, undan oldingi eng yaqin kun ishlatiladi.
Har mijozning foydasi alohida ko'rinadi
Mijozlar ro'yxatida xaridlar soni, keltirgan foydasi va oxirgi xarid sanasi turadi — qaysi mijoz haqiqatan daromad keltirgani shu yerdan ko'rinadi.
Qarzi bor mijoz esa pul bo'limida alohida ro'yxatda turadi, muddati bilan.
Xarajat o'chirilmaydi, bekor qilinadi
Bir martalik xarajat sanasi, summasi, valyutasi va nima uchun ekani bilan yoziladi. Har oy takrorlanadigani alohida ro'yxatda turadi.
Yozuv o'chirilmaydi — bekor qilinadi va jurnalda qoladi, shuning uchun hisob orqaga qarab tekshiriladi.
Shu bo'limga ulangan CRM sahifalari
Savdo va foyda — netto, brutto va foyda shu yerdan keladi
Hisobotlar — davr yakunini kun, hafta va oy kesimida ko'rsatadi
Chipta va vaucher — chipta hisobi va firma blanki
Filial va xodimlar — pul bo'limiga kirish huquqi va kassir roli
SHEYNAZ TRAVEL
GRAND TURAN
LOVE TRAVEL
Narx ichiga nima kiradi?
Ha, narx ichida. Kassa, mijoz qarzi, hamkor hisobi, xarajatlar va oylik qoidalari oylik tarifga kiradi. AI ham narx ichida. Foydalanuvchi soniga qarab hisob o'sadi: 8 kishi — 1 200 000 so'm, 10 kishi — 1 500 000 so'm.
- 21 kun bepul sinov — firmaning CRM i ochilgan kundan hisoblanadi, sinov davrida hech narsa olinmaydi.
- O'rnatish — bir marta 2 500 000 so'm, 2026-yil 31-dekabrgacha ariza qoldirgan firma uchun 0. Ichiga kiradi: CRM ni ochish va sozlash, xodimlarni kiritish, Telegramni ulash, firmaning hujjat blanki va jamoani 1 soat o'qitish.
- 11 ta dars tizim ichida, o'zbek va rus tilida — kirish, ish stoli, bitimlar, savdo kiritish, mijozlar, so'rovlar, suhbatlar, vazifalar, kassa, xodimlar va hisobotlar.
Narx o'zgarsa, firmaga kamida 30 kun oldin xabar beriladi — xizmat shartlarining 2-bandi. AI uchun qo'llaniladigan xizmatlar qimmatlashsa ham ogohlantirish muddati shu.
Chegaralar: bu rasmiy buxgalteriya emas
Chegaralarni ulashdan oldin aytamiz: oldindan aytilgan «yo'q» keyin topilgan «yo'q» dan arzon.
- Bu boshqaruv hisobi, soliq hisoboti emas. Pul qayerda, kim qarzdor va qancha foyda qolgani — shu uchtasi. Soliq hujjati tayyorlamaydi.
- Bank bilan bog'lanmaydi. Kirim va chiqim qo'lda yoki savdodan yoziladi; bank ko'chirmasi avtomatik tortib olinmaydi.
- Kassa bo'limini biz o'z ofisimizda hali yuritmaymiz. Bo'lim tayyor va ishlaydi, lekin bizning bazamizda hali bitta ham kassa ochilmagan — shuning uchun uni «har kuni sinalgan» deb ko'rsatmaymiz.
- Kurs ochiq manbadan olinadi. Manba kun davomida yangilanmasa, oldingi kunning kursi ishlatiladi — yirik summada farq sezilishi mumkin.
- Oylik qoidasi yozilmagan xodim uchun hisoblanmaydi. Tizim uni «belgilanmagan» deb ko'rsatadi va o'zidan raqam o'ylab topmaydi.
Tez-tez so'raladigan savollar — kassa va buxgalteriya
Kassa qoldig'i CRM da qanday hisoblanadi?
Qoldiq SHEYNAZ CRM da hech qayerda saqlanmaydi — har safar harakatlardan qayta hisoblanadi. Farqi katta: saqlangan qoldiq bir marta og'sa, keyin uni hech kim topolmaydi, hisoblangan qoldiq esa har doim yozuvlarga teng bo'ladi. Kassa to'rt turda ochiladi: naqd pul, bank hisob raqami, karta va elektron hisob; har biriga o'z valyutasi va boshlang'ich summasi beriladi. Shundan keyin har to'lov va har xarajat qaysi kassadan o'tgani ko'rsatiladi, kassalar orasida o'tkazma ham yoziladi. Bo'lim uchta savolga javob berish uchun qurilgan: pul qayerda, hamkorga qancha qarzimiz bor va mijoz bizdan qancha qarzdor. Tepada davr bo'yicha sof foyda chiqadi — savdo foydasidan xarajat ayirilgan holda, yonida savdo soni va brutto turadi. Pastda har kassaning qoldig'i, harakatlar soni va boshlang'ich summasi ko'rinadi, davr oqimi esa kirim, chiqim va farq bo'lib yoziladi. Sanani o'zgartirsangiz hammasi qayta hisoblanadi. Kassa ochish esa shart emas: bo'lim kassasiz ham ishlaydi — savdo, foyda, mijoz qarzi va xarajat baribir yuritiladi.
Mijoz qarzi va hamkorga qarzimiz qayerda turadi?
Qarz ikki tomonga qaraydi va ikkalasi ham bitta ekranda turadi. Mijoz tomoni savdodan tug'iladi: bitimni «sotildi» ga o'tkazayotganda qancha qarz qolganini va muddatini yozasiz, keyin har to'lov tushganda qarz o'zi qayta hisoblanadi — brutto minus to'langan. To'lov summasi, sanasi, usuli va kim yozgani saqlanadi, «to'liq qoplandi» bosilsa qoldiqni tizim o'zi qo'yadi. Muddati o'tgan qarz ro'yxatda qizil bo'lib turadi. Hamkor tomoni teskari: savdoning netto qismi — bizning hamkorga qarzimiz, to'lagan pulimiz esa uni kamaytiradi, qoldiq har valyuta bo'yicha alohida chiqadi. Aviakassa yuritadigan firma uchun alohida bo'lim bor: hisobot fayli yuklanadi, CRM uni o'qiydi, chipta raqami bo'yicha kim sotganini topadi va agent qarzini hisoblaydi. Bizning o'z bazamizda shu yo'l bilan ikki mingdan ortiq chipta yozuvi yig'ilgan — har birida netto, brutto va komissiya bor, to'langani esa alohida belgilanadi. Egasi topilmagan chiptalarni ajratib ko'rsatish ham bor: kim sotgani aniqlanmagan qator ro'yxatda qoladi va qo'lda biriktiriladi. Shunda oy oxiridagi hisob-kitob suhbati raqam bilan boshlanadi.
Dollar va so'm bitta hisobda qanday qo'shiladi?
Turfirmada savdoning bir qismi dollarda, bir qismi so'mda bo'ladi va ularni qo'shish joyida xato tug'iladi. CRM buni bitta qoida bilan yopadi: so'mdagi summa o'sha savdo bo'lgan KUNNING kursi bilan o'giriladi, bugungi kurs bilan emas. Shuning uchun o'tgan oyning hisoboti bugun ochilganda ham o'sha paytdagi raqamni beradi va oylik foyda keyin o'zgarib ketmaydi. Kurs har kuni ochiq manbadan yoziladi, olish va sotish qiymatidan kichigi olinadi — bu firma egasining o'z qoidasi, foydani ko'tarib ko'rsatmaslik uchun. Kerakli kunning kursi topilmasa, undan oldingi eng yaqin kun ishlatiladi. Xarajat tomoni ham ikki valyutada yuritiladi: bir martalik xarajat sanasi, summasi va nima uchun ekani bilan yoziladi, har oy takrorlanadigani esa alohida ro'yxatda turadi. Xarajat o'chirilmaydi, bekor qilinadi — shuning uchun hisob orqaga qarab tekshiriladi va bekor qilingan yozuv jurnalda qoladi. Kurs jadvalining o'zi ham bazada turadi, ya'ni qaysi kun qaysi raqam bilan hisoblangani keyin ko'riladi.
Kassa ochmasam bo'ladimi?
Bo'ladi. Savdo, foyda, mijoz qarzi va xarajat kassasiz ham yuritiladi. Kassa ochilganda qo'shimcha narsa ko'rinadi: har pul qaysi kassadan o'tgani va qoldiq qancha qolgani.
Qanday kassalar ochiladi?
To'rt turda: naqd pul, bank hisob raqami, karta va elektron hisob. Har biriga o'z valyutasi va boshlang'ich summasi beriladi, kassalar orasida o'tkazma yoziladi.
Mijoz qisman to'lasa qarz o'zi hisoblanadimi?
Ha. Qarz — brutto minus to'langan summa, va u har to'lovdan keyin qayta hisoblanadi. «To'liq qoplandi» bosilsa qoldiqni tizim o'zi qo'yadi.
Qarz muddati o'tganini ko'rsatadimi?
Ha, qarzlar ro'yxatida muddat ustuni bor va o'tib ketgani qizil rangda turadi. Muddatni savdo kartasidan yozasiz.
So'mdagi savdo qaysi kurs bilan hisoblanadi?
Savdo bo'lgan kunning kursi bilan, bugungi kurs bilan emas. Kurs har kuni ochiq manbadan yoziladi, olish va sotish qiymatidan kichigi olinadi.
Oylikni CRM hisoblaydimi?
Qoidasi yozilgan xodim uchun hisoblaydi: fiks, foizli yoki pog'onali — fiks ustiga foyda foizi qo'shiladigan tartib. Qo'lda bonus yoki ushlab qolish ham yoziladi, izohi va kim yozgani bilan.
Bu rasmiy buxgalteriya hisobimi?
Yo'q, bu boshqaruv hisobi — pul qayerda, kim qarzdor, qancha foyda qoldi degan savollarga javob beradi. Soliq hisoboti tayyorlamaydi va bank bilan bog'lanmaydi.
Buxgalteriya uchun alohida to'lov bormi?
Yo'q. Oylik tarif — har foydalanuvchi uchun 150 000 so'm, obuna eng kami 5 tadan boshlanadi (750 000 so'm); oltinchi odamdan boshlab ham har biri 150 000 so'm. Kassa, qarz va xarajat hisobi shu narx ichida. O'rnatish bir marta 2 500 000 so'm, 2026-yil 31-dekabrgacha ariza qoldirgan firmaga 0. Sinov — 21 kun.
Pulingizni bitta joyga yig'amiz
Kassalaringizni ochamiz, ochiq qarzlarni kiritamiz va birinchi davrning sof foydasini birga chiqaramiz. 21 kun bepul, o'rnatish 2026-yil 31-dekabrgacha — bepul.
Firmani ulash Telegramda yozish